Zangiota tumanidagi Nazarbek şaharçasida boşlangan köprik qurilişi töxtab qolgani, bu esa odamlarga qiyinçilik tuğdirayotgani, quriliş mas’ullarning sansalorligi sababli çözilayotgani haqida Kun.uz maqola e’lon qilgan edi. Şundan keyin Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hududga borib, holatni örgandi.
Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati taqdim etgan videoga köra, Zoyir Mirzayev mas’ullarga: “Işni boşlaşdan oldin “snos” masalalari hisobga olinişi kerak emasmidi?” deya tanbeh berib, söng quriliş buyurtmaçisi – “Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş direksiyasi” DUK boş muhandisi Dilmurod Isayev va Avtomobil yöllari qömitasi raisining birinçi örinbosari Şuhrat Nazarovga işni taşlab qöyiş kerak emasligini aytgan.
“Snos” böyiça quriliş masalalari böyiça örinbosarim Şukurulla Mahmudovga kim qönğiroq qildi? Buyurtmaçi örinbosarim bilan gaplaşganmisiz? Keçirasizlar-u, iş bunday bölmaydi.
Avtoyöl – kuçli taşkilot, lekin sizlar bunday qilmanglar. Yana aytaman, qoidasi böyiça qurilişni boşlaşdan oldin, şu hududga uning qanday joylaşişini köriş kerak. Biror maktab bölsa ham, oldin men özim borib, joylaşadimi yoki yöq, şuni körib, keyin ruxsat beraman”, – dedi Zoyir Mirzayev.
Bundan körinadiki, köprik qurilişiga mas’ul bölganlar uylarning buzilişi böyiça vaqtida viloyat hokimligiga xabar bermagan bölişi mumkin, şu sababli işlar çözilib ketgan.
Şundan keyin Zoyir Mirzayev quriliş mas’ullariga 2 smenada işlovçi xodimlar röyxatini şakllantiriş va texnikalarni jalb etiş böyiça topşiriq bergan.
Qayd etilişiça, buzilişga tuşgan turar va noturar joylar va quriliş materiallari narxlanadi, Xadiça Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida ekspertizadan ötkaziladi. Bu jarayonda mutasaddilarga deputatlar va mahalla vakillaridan iborat jamoatçilik kengaşini tuziş vazifasi yuklatildi. Hokim şundan sönggina odamlarga kompensatsiya tölanişini aytdi.
“10 nafardan deputat va mahalla vakili har kuni bitta xonadonga kirişi kerak. Bizlar beradigan pul – davlatning, xalqning puli. Men hammaning oğzidan çiqqan pulni bermayman heç qaçon, bunga haqqim ham yöq, –

















