AQŞ hukumati Şimoliy Muz okeanida Şarqiy Sibir va Çukotka dengizlari oraliğida joylaşgan Vrangel orolini Rossiyadan olib qöyişi kerak. Şunday çaqiriq bilan Amerikaning The Wall Street Journal naşri murojaat qildi.

«Moskvadan şarqda, sakkiz soatlik vaqt zonasida joylaşgan va yer yuzidagi eng buyuk tabiiy möjizalarga ega orol Qöşma Ştatlarga tegişli. Rossiya AQŞ hududini 1924 yildan beri öz qöl ostida uşlab turibdi», — deyiladi maqolada.

Maqolada ta’kidlanişiça, orolda «Amerika suvereniteti»ga tahdid solişi mumkin bölgan Rossiya harbiy bazasi joylaşgan.

WSJ ta’kidlaganidek, AQŞ Harbiy-havo kuçlari yaqinda Alyaska çegaralariga tahdid solayotgan Rossiya bombardimonçi samolyotlarini aniqlagan edi. Maqola muallifiga köra, Rossiya harbiy samolyotlarining uşbu hududda paydo bölişi kuçlar proyeksiyasining bir qismi sifatida sodir bölgan va Vrangel oroli bunda strategik rol öynaydi.

Vrangel oroli XIX asrda yaşagan rus dengizçisi va davlat arbobi Ferdinand Vrangel şarafiga nomlangan. 1924 yilda u yerga «Qizil oktabr» kemasi yuborildi va uning ekipaji orolda sovet bayroğini kötargan edi.