Hozirda taşkilot rasmiylari va a’zo davlatlarning bir qator vakillari Özbekistonga yetib kelib, sammit oldidan taşkil etilgan turli tadbir va uçraşuvlarda qatnaşmoqda. Jumladan, taşkilot Boş kotibi Boğdod Amreyev ayni kunlarda Toşkentda bölib turibdi.

Kun.uz muxbiri imkoniyatdan foydalanib, Boğdod Amreyevni intervyu uçun Kun.uz studiyasiga taklif qildi.

— Turkiy davlatlar taşkilotidan avvalgi birlikda asosan mamlakatlar örtasidagi madaniy aloqalarga e’tibor qaratilardi. Ammo bilasiz, davlatlarni faqat madaniyat va tarix bilan boğlab turiş rivojlanişini ta’minlaş qiyin.

Şu ma’noda, ötgan yildan boşlab, Turkiy kengaş endi katta bir taşkilotga aylandi. Xöş, uning faoliyati avvalgisidan aniq qaysi yönalişlarda farq qiladi va özgarib borişi mumkin?

— Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi 2009 yildan faoliyatini boşlagan. U a’zolar örtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy, sport va yoşlar masalalari böyiça yaqin hamkorlikni ta’minlaş maqsadida taşkil qilingan. 2021 yilda bu taşkilotning nomi özgarib, Turkiy davlatlar taşkilotiga aylandi. U bu özgariş bilan yangi bir kuç oldi, çunki taşkilot kengaşdan köra kengroq tuzilma. Bunda şuningdek, men yuqorida aytgan hamkorlik yönalişlari ham birmunça kengaydi. Yangi a’zolarni qabul qildik. Bunda masalan, 12 yil avval biz tört a’zodan iborat edik. Bugun esa kuzatuvçilar bilan birga yetti a’zoyimiz bor. InşaAlloh, yaqin orada biz sakkizinçi davlat bilan kengayamiz.

— Ötgan yillar davomida mazkur tuzilma hamkorlikni çuqurlaştiriş asosi bölmiş institutsional mexanizmlarni yaratiş bilan köproq şuğullandi.

Taşkilot qaçon va qay holatda real integratsion jarayonga aylanişi mumkin?

— Turkiy davlatlar taşkilotining eng birinçi maqsadi turkiy dunyoning integratsiyasi. Biz bu yöldagi harakatlarni 13 yil avval boşlaganmiz, bir yil avval esa bu yölda yangi qadamni qöydik. Öylaymanki, taşkilot yil sayin öz doirasini kengaytirib bormoqda.

Bizningça, taşkilot doirasida bugun eng muhimi iqtisodiy integratsiya kuçayişi kerak. Bu yöldagi işlar davom etmoqda.