Germaniyada afğon qoçqinlari böyiça yangi dastur rasman boşlanganidan bir neça hafta ötib, bir qança gumanitar taşkilotlar murojaat etuvçilarning katta oqimi haqida xabar berişdi. Mission Lifeline xayriya taşkiloti rahbari Aksel Ştayyer 7 noyabr, duşanba kuni Funke Mediengruppe'ga bergan intervyusida «bizga har daqiqada elektron xatlar kelyapti», dedi.
Uning sözlariga köra, noyabr oyi boşiga kelib, dastur boşlanganidan ikki hafta ötib, taşkilotga 17 mingta sörov kelib tuşgan. Kabul Luftbrücke ("Kobul havo köprigi") gumanitar guruhi elektron poçta, ijtimoiy media akkauntlar va ba’zi hollarda xodimlarning şaxsiy elektron poçta manzillari orqali 15 000 ta xabar oldi. Reporter ohne Grenzen ("Çegara bilmas muxbirlar") dastur uçun 12 000 kişini röyxatdan ötkazgan va yana 4 000 ga yaqin kişi yordam sörab murojaat qilgan.
Oktabr oyi örtalarida Germaniya hukumati Afğoniston xalqiga yordam körsatiş böyiça yangi dastur boşlanganini e’lon qildi, unga köra har oy alohida xavf ostida bölgan 1000 nafargaça odamni mamlakatdan evakuatsiya qiliş rejalaştirilgan. Dastur Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer va taşqi işlar vaziri Annalena Berbok tomonidan kelişilgan. Bu birinçi navbatda ommaviy axborot vositalari xodimlari va huquq himoyaçilari, Afğonistonda "Tolibon" hokimiyat tepasiga kelganidan keyin xavf ostida qolgan sud, politsiya xodimlari yoki siyosatçilarni himoya qiliş bilan boğliq.
Biroq Afğonistonni tark etmoqçi bölganlar mustaqil ravişda Germaniyaga köçib ötiş uçun ariza topşira olmaydi. Dasturga qöşiliş uçun ular birinçi navbatda Reporter ohne Grenzen va Kabul Luftbrücke kabi gumanitar taşkilotlardan tavsiyalar olişlari kerak.











