Eksport faoliyati joriy körsatkiçlari körib çiqildi. Körsatkiçlar ötgan yil şu davriga nisbatan 129 foizga oşgan bölsa-da, hududlar va tarmoqlar böyiça olib borilgan tanqidiy tahlillar qator kamçiliklarni körsatdi. Tadbirkorlar va eksportyorlarni qöllab-quvvatlaş, ular muammolarini hal etişda yordam beriş borasidagi işlar qoniqarsiz ekani inobatga olinib, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farğona, Xorazm viloyatlari tegişli mahalliy davlat hokimiyati organlari, “Öztöqimaçiliksanoat”, “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmalari, Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi va Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi rahbarlari faoliyati tanqid qilindi.

Investitsiya faoliyati doirasida erişilgan natijalarga töxtalib ötildi. Joriy yil yanvar-oktabr oylarida davlat investitsiya dasturi doirasida 8,2 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar özlaştirildi, 3,2 milliard dollarlik 91 ta yirik loyiha foydalanişga topşirildi, 14,8 mingta yangi iş örni yaratildi. 

Biroq, ijobiy faktlar fonida mas’uliyatsizlik holatlari uçrab turmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toşkent, Xorazm viloyatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Özbekneftgaz”, “Özsuvta’minot”, “Özbekiston temir yöllari”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va bir qator vazirliklar tegişli rahbarlari jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablağlarini öz vaqtida özlaştiriş böyiça erişgan natijalari qoniqarsiz deb topildi.

Har bir investitsiya loyihasi amalga oşirilişini monitoring qiliş, investitsiyalarni özlaştirişda keçikişlarga yöl qöymaslik muhimligi ta’kidlandi. Joriy yil oxirigaça umumiy qiymati 4,8 milliard dollarlik 3466 ta loyihani işga tuşiriş va 127,9 mingta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan. Tijorat banklari tomonidan istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlaş, ular taşabbuskorlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan har tomonlama yordam körsatiş muhimligi alohida ta’kidlandi.

Yiğiliş yakunida belgilangan vazifalar ijrosi uçun har bir rahbar şaxsiy mas’uliyati alohida ta’kidlandi. Ular öz vaqtida bajarilişi ustidan nazorat Boş prokuratura tomonidan amalga oşiriladi.