Uşbu loyiha doirasida yiliga millionlab daraxt va buta köçatlarini ekiş va şu orqali hududlardagi yaşil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oşiriş reja qilingan.
Davlat rahbari raisligida joriy yilning 11 oktabr kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida yil yakuniga qadar 75 million tup va 2023 yil bahor faslida yana 125 million tup mevali va manzarali köçatlar ekiş yuzasidan topşiriqlar berildi. Uşbu topşiriqlar ijrosini ta’minlaş, qolaversa, daraxt ekiş böyiça “Dolzarb 40 kunlik” tadbirini amalga oşiriş maqsadida “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topşiriği bilan tizimdagi korxonalarda kökalamzorlaştiriş ilari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
“Özbekneftgaz” AJ tizimida joriy yilning 10 dekabriga qadar daraxt ekiş böyiça “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan.

Şuni alohida ta’kidlaş joizki, daraxt köçatlari hududlarning iqlim şaroitidan kelib çiqib, boğlar hosil qiliş va kökalamzorlaştirişni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda. Bu borada Fanlar Akademiyasi tavsiyasi bilan suvsizlik va kasallikka çidamli gujum, qayrağoç, katalpa, akatsiya, zarang, şumtol, tut, jiyda, yonğoq, terak kabi daraxt novdalari ekilişi belgilangan.
Joriy yilning 20 oktyabridan boşlab, to şu kunga qadar tizimdagi boşqarma va korxonalar tomonidan jami 15 633 dona mevali va manzarali daraxt köçatlari ekildi.
Jumladan,
• Muborak gazni qayta işlaş zavodida – 2973 tup,
• Buxoro neftni qayta işlaş zavodida – 2026 tup,
• Şörtan gaz kimyo majmuasida – 2015 tup,
• “UNG Petro” MÇJ – 1629 tup,
• “Maxsusenergogaz” AJ – 610 tup,
• Muborak neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasida – 615 tup,
• "Maroqand neft bazasi" MÇJ – 280 tup,
• "Navoiy neft bazasi" MÇJ – 238 tup,
• "Taxiatoş neft bazasi" MÇJ - 217 tup köçat ötqazildi.













