Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi Abdukamol Rahmonov özi tuğilib ösgan Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumani Burgan qişloğidagi 73-105-umumta’lim maktablarida a’lo baholarga öqişi va iste’dodi bilan örnak bölayotgan öquvçilarga öz hisobidan stipendiya joriy qilgan edi.

Mazkur ta’lim maskanlarida öqituvçilar hay’atining xulosalari bilan çorak yakuniga köra, har ikkala maktabda «Eng namunali öquvçi» stipendiyasi ğoliblari aniqlandi.

Abdukamol Rahmonovning sözlariga köra, uşbu stipendiya öquvçilarni ilhomlantiriş va rağbatlantiriş maqsadida yölga qöyilgan. Kiçkinagina e’tibor yoşlarni kitob mutolaasiga, ilm olişga, izlanişga bölgan qiziqişini, intilişini yanada oşiriş uçun xizmat qiladi.

Ma’lumot uçun, mazkur stipendiyani şoir Abdukamol Rahmonov şaxsiy pensiya mablağlari hisobidan joriy qilgan bölib, 2022 yil sentabr oyidan boşlab, har çorakda doimiy ravişda berib boriladi.

Har çorak yakunlari böyiça yuqorida nomlari keltirilgan ikki maktabdan 2 nafar (jami 4 nafar) öquvçiga, yil yakunlari böyiça esa har ikkala maktabdan 1 nafar (jami 2 nafar) öquvçiga muntazam berib borilişi közda tutilgan.