Davlat rahbarining topşiriğiga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça Davlat komissiyasining tegişli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan Özbekiston fuqarolarining ham öqişini Özbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida köçirişga ruxsat berildi.

Ma’lumot uçun, bungaça Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan çegaradoş Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan Özbekiston fuqarolarining öqişini Özbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida köçirişga ruxsat berilgandi.