AQŞda 10 noyabr, payşanbaga ötar keçasi oraliq saylovlarda berilgan ovozlarni sanaş davom etmoqda. CNN telekompaniyasi ma’lumotlariga köra, Kongressda Respublikaçilar partiyasi vakillari Demokratik partiyadan bölgan raqiblardan biroz ustunlikni saqlab qolgan.
Xususan, Senatga saylovlarda respublikaçilar hozirça 49 öringa, demokratlar esa 48 öringa ega. Vakillar palatasiga saylovlarda Respublikaçilar partiyasining Demokratik partiyadan ustunligi yaqqol közga taşlanyapti – 191 öringa qarşi 209 örin. Amerika qonun çiqaruvçi organi quyi palatasida köpçilikni qölga kiritiş uçun 218 ta örin kerak. Senatdagi köpçilik uçun esa 51 örin oliş kerak.
Şu bilan birga, ABC mediakompaniyasi ma’lumotlari Senatdagi ikkala siyosiy kuçning tengligi (har biri 48 örin) va Vakillar palatasida kamroq sezilarli böşliq (Respublikaçilar uçun 211 örin va Demokratlar uçun 197 örin)dan dalolat beryapti.
AQŞning turli ştatlaridagi gubernatorlik saylovlarida demokratlar hozirça 22 örin, respublikaçilar esa 24 örinni oldi, deya qayd etadi ABC. Xabar e’lon qilingan vaqtda hali hamma ovozlar hisoblab çiqilmagan.
Bundan taşqari, 6 dekabr kuni Jorjiya ştatida AQŞ Senatiga saylovning ikkinçi bosqiçi bölib ötadi. Bu haqda 9 noyabr, çorşanba kuni Jorjiya davlat kotibi Bred Raffensperger ma’lum qildi.
Birinçi ovoz beriş jarayonida heç bir nomzod uşbu ştatda ğalaba qozoniş uçun zarur bölgan ovozlarning yarmidan köpini ololmadi. Jorjiyadagi saylovlar Senatdagi köpçilik örin uçun kuraşda asosiy omilga aylanişi mumkin.
AQŞda oraliq saylovlar 8 noyabr kuni bölib ötdi. Unda Vakillar palatasining butun tarkibi (435 örin) va Senatning uçdan bir qismi (yuzdan 35 örin) qayta saylanadi. Bundan taşqari, 36 ştatda yangi gubernatorlar saylanyapti.
Har ikki palatada demokratlarning köpçilik örinni yöqotişi AQŞning amaldagi prezidenti Jozef Bayden uçun qiyinçiliklar tuğdiradi, çunki respublikaçilar uning Kongressdagi kun tartibiga tösqinlik qila oladi. Bundan taşqari, Baydenning Oq uy rahbari sifatidagi ötmişdoşi Donald Tramp, kuzatuvçilarga köra, Respublikaçilar partiyasidagi safdoşlarining muvaffaqiyatidan foydalanib, yaqin kelajakda bölib ötadigan prezidentlik saylovlari uçun öz nomzodini e’lon qilişi mumkin.












