Superprotsessor quvvati 433 kvant bit yoki kubitni taşkil qiladi. Qubit - kvant kompyuterlaridagi eng kiçik axborot birligidir. Bunday kompyuterlar 0 yoki 1 qiymatiga ega bölgan oddiy bitlar bilan emas, balki bir vaqtning özida 0 va 1 qiymatiga ega bölgan kubitlar bilan işlaydi. An’anaviy bitli kompyuterlardan farqli ölaroq, kvant kompyuterlari bir vaqtning özida istalgan ma’lumotlarni million marta tezroq qayta işlaşga qodir.

IBM korporatsiyasining yangi protsessorli kvant kompyuteri oldingisidan uç barobar katta quvvatga ega. Umuman olganda, kompaniya butun dunyo böylab yigirmadan ortiq kvant kompyuterlariga ega.

IBM vakili Dario Gil sözlariga köra, kompaniya 1000 kubitdan ortiq quvvatga ega protsessorni yaratiş va işga tuşiriş ustida işlamoqda.

Osprey kvant protsessori narxi ma’lum qilinmadi. Avvalroq, Kanadaning D-Wave kompaniyasi narxi 15 million dollarlik kvant kompyuterini işlab çiqarganini e’lon qilgan edi.