Vazirlar Mahkamasining “Idoraviy harbiylaştirilgan qöriqlaş hamda idoraviy qorovullik bölinmalari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Ma’lumot uçun, idoraviy harbiylaştirilgan qöriqlaş — davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boşqa taşkilotlarning öz obektlarini qöriqlaş böyiça maxsus vazifalarni bajariş uçun yuridik şaxs taşkil etmasdan tuziladigan, xizmat faoliyati qorovullik xizmatini taşkil etiş va ötaş tartibi talablariga muvofiq taşkil etiladigan tarkibiy bölinmasi tomonidan amalga oşiriladigan qöriqlaş faoliyatining turi sanaladi.

Idoraviy qorovullik — davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda boşqa taşkilotlarning, tadbirkorlik sub’yektlarining öz obektlarini qöriqlaş uçun yuridik şaxs taşkil etmasdan tuziladigan tarkibiy bölinmasi tomonidan yoki zimmasiga tegişli vazifalarni bajariş yuklatilgan alohida xodimi tomonidan amalga oşiriladigan qöriqlaş faoliyatining turi.

Hujjat bilan idoraviy harbiylaştirilgan qöriqlaş bölinmalari töğrisida namunaviy nizom tasdiqlanmoqda. Unga köra, quyidagi şaxslar işga (xizmatga) qabul qilinmaydi:

  • qasddan sodir etgan jinoyatlari uçun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib taşlanmagan şaxslar;
  • jinoiy jazoni ötayotgan şaxslar;
  • mulkka tajovuz qiluvçi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun ma’muriy javobgarlikka tortilgan, şuningdek jamoat tartibiga yoki boşqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvçi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uçun 1 yil içida takroran ma’muriy javobgarlikka tortilgan şaxslar;
  • ruhiy kasalliklari bölgan, narkologik kasalliklarga çalingan, şuningdek soğliğining holatiga nisbatan belgilangan talablarga javob bermaydigan şaxslar;
  • sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topilgan şaxslar;
  • umumiy örta yoki örta maxsus ma’lumotga ega bölmagan şaxslar;
  • çet el fuqarolari bölgan şaxslar.

Öz vazifalarini bajariş jarayonida xodimlar quyidagi vakolatlarga ega:

  • qöriqlanadigan obektga kelgan yoki uning hududida bölgan şaxslardan obektning içki rejimiga, şu jumladan jamoat tartibiga rioya etilişini talab qiliş;