Aeroportda oliy martabali mehmonni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Bugun Ozarboyjon prezidenti Özbekiston rahbari bilan uçraşuv ötkazadi.
Ma’lumot uçun, 10-11 noyabr kunlari Samarqand şahrida Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari yiğilişi bölib ötadi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötadigan tadbirda Turkmaniston Milliy kengaşi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov va Vengriya boş vaziri Viktor Orban iştirok etadi.
Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda özaro manfaatli va köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş, taşkilot faoliyatini takomillaştiriş masalalari örin olgan.
Yakunda Samarqand deklaratsiyasi hamda Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan boşqa muhim qaror va hujjatlar qabul qilinişi közda tutilgan.












