Şarlotta Kan: Assalomu alaykum, Samarqandda bölib ötayotgan II Özbekiston iqtisodiy forumiga xuş kelibsiz. Bu yerda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça vitse-prezidenti Anna Berde ham iştirok etayotganidan xursandman. Bizga qöşilganingiz uçun rahmat.

Anna Berde: Taklif qilganingiz uçun rahmat.

Şarlotta Kan: Xöş, birinçi navbatda, mintaqa haqida qanday fikrdasiz?

Anna Berde: Savolingiz uçun rahmat. Darhaqiqat, bir neça hafta oldin mintaqa böyiça iqtisodiy hisobotimizni e’lon qildik. Bu aprel oyida e’lon qilingan oxirgi hisobotimizdagi kutilmalarimizdan ham yaxşiroq tasvirlarni körsatmoqda. Mintaqa inqirozdan keyin yana bir inqirozni qanday yengib ötgani juda ajoyib.

Ayni paytda ham biz mintaqada salbiy ösiş sur’atlari bölişini kutmoqdamiz, ammo aprel oyidagi kutilmalarimizdan ança past darajada. Bunga turtki bölayotgan narsa esa, mintaqadagi bir qança mamlakatlarning xomaşyo narxining oşişidan foyda körayotgani va energiya eksportçisi ekanligidir.

Albatta, ba’zi boşqa davlatlar energiya importçilari bölib, ular qiyinçiliklarga duç kelişmoqda. Ammo, umuman olganda, mintaqadan kuçli eksportni körib turibmiz. Tovar narxining oşişi yordam bermoqda.

Biroq, şuni ta’kidlamoqçimanki, bu ayniqsa Özbekiston uçun mos keladi, islohot qilgan davlatlar inqirozga nisbatan çidamliroq ekanliklarini isbotladi.

Özbekistonda ösiş sur’atlari nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari orasida ham eng yuqori körsatkiçga ega ekanligini körib turibmiz.

Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde

Şarlotta Kan: Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar sur’ati sizni qoniqtirdimi?