The New York Times xabariga köra, milliarderning ijtimoiy platformasi kontent yaratuvçilardan faol ravişda daromad oladi va ikki segmentni – video va biznesni rivojlantiradi. Uşbu yönalişda Tik-Tok asosiy möljalga aylanadi.
Şuningdek, Mask Twitter orqali tölovlarni amalga oşiriş jarayonini ham işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Foydalanuvçilar bank hisob raqamiga ega debet kartalarini akkauntga ulaş imkoniga ega böladi.
Mask global möljal sifatida Xitoyning WeChat ijtimoiy media-platformasini olgan. U odamlarga nafaqat turli ma’lumotlarni köriş, balki ovqatga buyurtma beriş yoki taksi çaqiriş imkonini beradi. Xitoyda dasturning millionlab foydalanuvçisi bor. Amerikalik milliarder ham Twitter imkon qadar köproq funksiyalarni taqdim etişini xohlayapti.
Ilon Mask 28 oktabr kuni ijtimoiy platformani 44 milliard dollarga sotib oldi. Şundan söng, bir kun içida Twitter xodimlarining yarmini, şu jumladan, direktorlar kengaşi a’zolarini işdan böşatdi.
Mask darhol özgarişlarni amalga oşirişga kirişdi. Jumladan, u yangilangan Twitter Blue obunasini taqdim etdi. Şundan söng, har bir kişi oyiga $8 evaziga verifikatsiyani anglatuvçi «kök belgi»ni sotib oliş imkoniyatiga ega böldi. Uşbu qaror tufayli platformada köplab maşhurlarning soxta akkauntlari paydo böldi.












