2022 yil 1 dekabrdan tijorat taşkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:

quyidagi taşkilotlarda içki auditni taşkil etiş: mas’uliyati çeklangan jamiyatlar; aktivlarining balans qiymati BHM 100 ming barobaridan kam, davlat uluşi 50 foiz va undan köp aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari; MÇJning ta’sis şartnomasini davlat röyxatidan ötkaziş; MÇJning vakillariga umumiy yiğilişda iştirok etiş uçun beriladigan işonçnomani notarial tasdiqlaş; MÇJda zaxira jamğarmasi taşkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilaş.

2023 yil 1 martdan unitar korxona yoki qöşimça mas’uliyatli jamiyat şaklida yuridik şaxs taşkil etiş töxtatiladi. 2023 yil 1 apreldan: MÇJ ustav fondiga qöşiladigan, qiymati BHM 10 ming baravaridan köp pulsiz hissalar baholovçi taşkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bölişi mumkin emas; yuridik şaxslar qayta taşkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta taşkil etilgan yuridik şaxsga ötgan hisoblanadi.

2023 yil 1 iyuldan xöjalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari taşkil etilganligi va uning ustav fondi şakllantirilganligi hamda tölovga qobiliyatsizligi yuzasidan iş qözğatilganligi töğrisidagi ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e’lon qilinadi.