Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga köra, Ohangaron tumanida faoliyati yölga qöyilayotgan parrandaçilik fabrikasi qurilişi böyiça boş pudratçi hisoblangan MÇJ rahbari joriy yil aprel oyida boşqa bir MÇJ bilan obyektning içki yöllarini asfaltlaş böyiça 3,7 mlrd sömlik şartnoma tuzgan.
Yordamçi pudratçi şartnomada belgilangan işlarni bajargan. Şundan söng boş pudratçi kelişilgan mablağning 2,5 mlrd sömini uning hisob raqamiga ötkazib bergan, qolgan 1,2 mlrd sömni esa tölamagan.
DXX maʼlumotida aytilişiça, boş pudratçi MÇJ rahbari yordamçi pudratçiga asfaltlaş işlarini biriktirib bergani va qolgan 1,2 mlrd sömni tölab berişi evaziga korxona taʼsisçisidan jami 83,5 ming AQŞ dollari talab qilgan.
DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda MÇJ rahbari söralgan 83,5 ming dollarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

















