Qazib olinadigan yoqilğilar - kömir, neft va tabiiy gazning yonişi natijasida karbonat angidrid (CO2)ning atmosferaga çiqarilişi hajmi ösişda davom etmoqda. Bu haqdagi hisobot 10 noyabr kuni Misrning Şarm al-Şayx şahrida bölib ötayotgan BMTning iqlim özgarişi böyiça 27-konferensiyasida (COP27) Global Carbon Project xalqaro tadqiqot loyihasi ekspertlari tomonidan taqdim etilgan.
Mutaxassislarning fikriça, qazib olinadigan yoqilğilarni yoqiş natijasida 2022 yilda 2021 yilga nisbatan CO2 1 foizga köp ajralib çiqadi. Qiziği şundaki, Xitoyda tegişli körsatkiç 0,9 foizga, Yevropada esa 0,8 foizga kamayadi. Ammo AQŞda ular 1,5 foizga, Hindistonda 6 foizga, dunyoning qolgan qismida esa 1,7 foizga oşadi.
Joriy yilda kömir yoqilişi natijasida atmosferaning uglerod bilan ifloslanişi ötgan yilga nisbatan 1 foizga oşadi. Neft va neft mahsulotlarini yoqiş samarasi 2 foizga oşadi, tabiiy gazni yoqiş samarasi esa, aksinça, 0,2 foizga kamayadi. Hisobotda aytilişiça, bugungi kunda CO2 çiqarilişining taxminan 40 foizi kömirni yoqiş, 33 foizi neft va 22 foizi gazni yoqiş natijasida yuzaga keladi.
Parnik gazlarning çiqarilişi global hajmi 10-15 yil oldingiga qaraganda sekinroq ösib bormoqda. Biroq, ular hali ham kötarilişda davom etyapti, ya’ni global haroratning oşişini sanoat davri boşlanişidan oldingi darajaga nisbatan 1,5 darajadan pastroq uşlab turiş mumkin bölmaydi. Bu 2015 yilda Iqlim böyiça Parij kelişuvida belgilangan maqsaddir.
«1,5 daraja belgisini uşlab turiş vaqti tugayapti», deydi Ekseter universiteti iqlimşunosi va hisobotning yetakçi muallifi Per Fridlingsteyn. «Bu şuni anglatadiki, biz uşbu belgidan oşib ketişga va dunyoni hali körmagan tarzda özgartirişga tayyorgarlik körişimiz kerak», deydi uning Prinston universitetidan bölgan hamkasbi Maykl Oppengeymer, u tadqiqotda iştirok etmagan. Har ikki mutaxassisning sözlarini AP agentligi keltirgan.
Global haroratning kötarilişi dunyo okeanlari sathining yanada oşişiga olib keladi, bu millionlab odamlarni uy-joyidan mahrum qilişi, şuningdek, qurğoqçilik, haddan taşqari issiqlik, sunami, suv toşqinlari va köçkilar kabi falokatli tabiiy ofatlarning köpayişiga olib kelişi mumkin.
Hisobot mualliflari umumiy holatni murakkablaştirgan ikkita omilni ta’kidladilar. Ulardan birinçisi COVID-19 pandemiyasi bölib, u 2020 yilda global CO2 çiqarilişining 5 foizdan ortiq pasayişiga olib keldi. Biroq, öşandan beri bu körsatkiç ança oşdi. Bu qisman, turli mamlakatlarda pandemiya çeklovlarining bir qismi olib taşlanganidan söng, yakkalanişdan çiqqan odamlar köproq sayohat qilişni boşlagani bilan boğliq - bu transport çiqindilarini köpaytirdi.












