Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, Boş prokuratura hamda vazirlik va idoralar bilan birga işçi guruhlar tuzilib, sanoat, issiqlik va elektr energiyasi korxonalari, issiqxonalar va atmosferaga ifloslantiruvçi moddalar çiqaradigan boşqa obektlar faoliyati örganilmoqda.
Xabar qilinişiça, işçi guruhlar tarkibiga ekologiya, energetika, soliq, FVV va içki işlar organlari, hokimlik va boşqa idoralarning jami 748 nafar mas’uli jalb etilgan.
Örganişlarga köra, Toşkent şahrida 388 ta, Toşkent viloyatida 845 ta, jami 1233 ta I va II toifa sanoat korxonalari faoliyat körsatib, 5 mln 30 ming tonna kömir va 262 ming tonna mazut yoqilğisidan foydalaniladi. Ularning 838 tasiga (Toşkent şahrida 361 ta, Toşkent viloyatida 477 ta) filtrlar örnatilgan. 7 ta IES, 9 ta issiqlik markazlarining 3 tasi töliq tabiiy gaz, qolgan 6 tasi tabiiy gaz va mazutdan foydalanib kelmoqda.
Şuningdek, 9 ta issiqlik markazi hamda 1 ta IES (Toşkent IES)da filtrlar mavjud bölmasa-da, havoning keskin sovişi natijasida 262 ming tonna mazut yoqilğisidan foydalanilgani aniqlandi. Natijada atmosferaga taşlanma miqdori 7 ming tonnani taşkil qilgan.
Qolaversa, Toşkent viloyatidagi Angren va Yangi Angren IESlar 5 mln tonna kömirdan foydalanişi va 70 foizli filtrlardan ötkazilişi natijasida atmosferaga taşlanma miqdori 134 835 tonnani taşkil qilib, umumiy körsatkiçning 18,9 foiziga töğri kelgan.
Yuqorilardan kelib çiqib, issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik markazlarini çang-gaz tozalaş uskunalari (filtr) bilan jihozlaş böyiça 2025–2028 yillarga möljallangan dasturning Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga oid qismi qayta körib çiqilib, muddatlarni 2026 yil sentabrga qadar qisqartiriş çoralari olib borilmoqda. Bunda issiqlik elektr stansiyalarida çang-gaz tozalaş uskunalari örnatiladi va mavjudlari ta’mirlanadi.
















