Milliardlab odamlar ifloslangan havodan nafas olmoqda, bu esa har yili 4,5 milliondan ortiq erta ölimga olib kelyapti. Bu haqda Jahon metereologiya taşkiloti (JMT) yangi tadqiqoti mualliflari xabar berdi.

Qayd qilinişiça, örmon yonğinlaridan hosil bölgan tutunning mikroskopik zarralari katta masofalarga siljişi mumkinligi ham xavf tuğdiradi.

«Havo çegaralarni tan olmaydi. Pireney yarimorolida yonğinlar böyiça rekord mavsumda tutun va ifloslantiruvçi moddalar allaqaçon Ğarbiy Yevropa ustida qayd etilgan va butun Yevropa qit’asiga tarqalişi mumkin», dedi JMT ilmiy xodimi Lorenso Labrador.

JMT sönggi byulletenini taqdim etar ekan, Labrador butun dunyoda havo sifatining yomonlaşişi davom etayotganini ma’lum qildi. U 2024 yilda PM 2.5 mayda dispers zarraçalarining Çili, Braziliya, Ekvador, şuningdek, Kanada, Markaziy Afrika va Sibirda tarqalgani xaritasi haqida gapirdi.

«Iqlim özgarişi tufayli örmon yonğinlari mavsumi tobora şiddatli va uzoq davom etayotganini bilamiz», dedi u.

Şu bilan birga, JMT olimlari qator mintaqalarda, «ayniqsa, şarqiy Xitoy va Yevropada yildan yilga» atmosferaga zararli taşlamalar kamayib borayotganini ta’kidlamoqda.

«Qaçonki mamlakatlar, mintaqalar yoki şaharlar yomon havo bilan kuraşiş uçun çora körsa, bu öz samarasini beradi», dedi JMT global atmosfera bölimi rahbari Paolo Lay.

Ta’kidlanişiça, Şarqiy Xitoyda, masalan, Şanxay kabi şaharlarda yangi boğlar yaratiş va daraxtlar ekiş orqali havo sifatini yaxşilaşga erişilgan. Avtomobillar harakati jadalligiça qolayotgan bölsa-da, maşinalarning katta qismi allaqaçon elektr energiyasi bilan işlaydi, deb qöşimça qildi JMT vakili Kler Nullis.

Şunga qaramay, dunyoda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tavsiyalariga mos keladigan havo sifati körsatkiçlariga ega şaharlar juda kam, dedi Lay.

«Bu şuni anglatadiki, sönggi yillardagi yaxşilanişlarga qaramay, havo ifloslanişi aholi salomatligi uçun jiddiy tahdid bölib qolmoqda», dedi u.

Uning sözlariga köra, oltingugurt dioksidi (SO2) va azot oksidlari (NOx) kabi asosiy ifloslantiruvçi moddalarning çiqindilari nazorat çoralari tufayli kamayayotgan bölsa-da, yer yuzasidagi ozon darajasi - smogning asosiy tarkibiy qismi - kamaymayapti.