Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, uni aeroportda mamlakat boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Gurbanguli Berdimuhamedov bugun faxriy mehmon sifatida Turkiy davlatlar taşkiloti sammitida qatnaşadi.

10-11 noyabr kunlari Samarqand şahrida Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari yiğilişi bölib ötadi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötadigan tadbirda Turkmaniston Milliy kengaşi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov va Vengriya boş vaziri Viktor Orban iştirok etadi.

Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda özaro manfaatli va köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş, taşkilot faoliyatini takomillaştiriş masalalari örin olgan.