2023-2026 yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Toşkent viloyati tajribasi asosida har bir tuman va şahardagi bittadan madaniyat markazlarida öquvçi-yoşlar uçun bir martalik tekin tamaddi (ovqatlantiriş) qiliş xizmatlarini taşkil etiş möljallanmoqda.

Bunda, har bir tuman va şahardan bittadan madaniyat markazini aniqlaş, ovqatlaniş taşkil etiladigan hududni maxsus jihozlaş, autsorsing xizmatlaridan foydalaniş, ovqatlanişni taşkil etiş, ijobiy natijalar böyiça takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritiş rejalaştirilgan.

Madaniyat markazlaridagi faoliyat yuritayotgan tögaraklar, studiyalar va kurslardan taşqari “STEAM – ta’lim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi va yangi tögaraklar faoliyati yölga qöyiladi.

Yangi tögaraklarni taşkil etiş böyiça taşabbuskorlar bilan şartnomalar imzolaş va zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy qiliş közda tutilyapti.