Bugungi kunda buklaniş xususiyati ega smartfonlardan Samsung, Motorola va Huawei kabi brendlar foydalanib kelmoqda. Biroq Apple mexanik stressga bardoş bera oladigan moslaşuvçan va bardoşli ekranlarni hali namoyiş qilgani yöq. 

Xitoylik yutuber esa iPhone’da buklaniş funksiyasini sinab kördi. Uning aytişiça, kerakli butlovçi qismlarni yiğiş uçun önlab iPhoneX’larni demontaj qiliş va boşqa markadagi telefonlardan qöşimça qismlar olişga töğri kelgan. Va bu jarayon 200 kun davom etgan.

Prototipning ekrani imkon qadar köproq funksionallikni saqlab qolgan holda egiliş uçun yetarliça moslaşuvçan qilib yasaşga erişilgan.

Prototipga iPhone quvvatining uçdan biriga ega bölgan 1000 mA/soat quvvatga ega batareya joylaştirilgan. Smartfondagi sensor tizimi ham yaxşi işlangan. Biroq ekran qayta-qayta buklaniş stressiga bardoş bera olmagani sabab foydalaniş boşlangandan keyin bir neça kun içida işdan çiqqan.