Ikki hafta davomida Iordaniyaning Ammon şahrida ötgan Osiyo çempionati bahslarining asosiy final janglari bugun, 12 noyabr kuni bölib ötdi.
Hal qiluvçi bahslarda Özbekiston erkaklar milliy jamoasi qit’a birinçiligi yakunlariga köra 5ta oltin, 2ta kumuş va 3ta bronza medallariga ega çiqib, turnirni 1-örinda yakunladi.
Jumladan, Hasanboy Dösmatov (-51 kg), Abdumalik Halakov (-57 kg), Ruslan Abdullayev (-63,5 kg), Saidjamşid Jafarov (-75 kg) va oğir vaznli Lazizbek Mullojonov (+92 kg) turnirni qit’a çempionligi bilan yakunlaşdi.
-80 kg vazn toifasidagi Odiljon Aslonov va -92 kg vazn toifasidagi Madiyar Saidrahimov turnirning hal qiluvçi bahsida mağlubiyatga uçrab, Osiyo çempionatida kumuş medaliga ega çiqişdi.
Özbekistonlik çarmqölqop ustalari orasida quyidagilar turnirni sovrinli örinlarda yakunlaşdi:
Oltin medal:
-51 kg: Hasanboy Dösmatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-75 kg: Saidjamşid Jafarov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
Kumuş:
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
Bronza:
-54 kg: Şahzod Muzaffarov
-60 kg: Adhamjon Muxiddinov
-67 kg: Asadxöja Muydinxöjayev.
Eslatib ötamiz, 11 noyabr kuni ayollar örtasidagi bahslar yakunlanib, unda özbekistonlik Navbahor Hamidova oltin medal bilan Osiyo çempioniga aylangan bölsa, Sohiba Rözmetova kumuş va Farzona Fozilova bronza medaliga ega çiqqandi.


Şu tariqa, boks böyiça Özbekiston milliy jamoasi erkaklar örtasida 1-örinni egallagan bölsa, umumjamoa hisobida 6ta oltin, 3ta kumuş, 4ta bronza, jami – 13ta medallar jamğarmasi bilan Qozoğistondan keyingi 2-örinni egalladi. Qöşnilarimizning erkak va ayollar jamoasi jami 21 – 6ta oltin, 7ta kumuş va 8ta bronza medaliga ega çiqib, medallar soniga köra peşqadamga aylandi.










