Energetika vazirligi matbuot xizmati kunlar keskin soviy boşlagandan söng iste’molçilarning elektr energiyasi va gazga bölgan talabi ham ortib borayotgani, şuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimi ham keskin pasayişi kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Elektr energiyasini işlab çiqaruvçi ayrim issiqlik elektr stansiyalariga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib borayotgani, bu esa, öz navbatida, elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi pasayişiga olib kelayotgani ta’kidlangan.

Şunday hollarda elektr energiyasini işlab çiqariş obektlari, yuqori va past kuçlanişli elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda podstansiyalarda yuklamalar ortişi natijasida sodir bölişi mumkin bölgan yirik avariyalarning oldini oliş maqsadida respublikaning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli çeklovlar kiritişga majbur bölinmoqda.

Xuddi şuningdek, ayrim hududlardagi aholi iste’molçilarida tabiiy gaz bosimining pasayişi ham kuzatilmoqda. Hozirgi paytda barça yoqilği-energetika obektlarida maxsus navbatçilik ştablari taşkil etilgan bölib, mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan uşbu muammolarni bartaraf etiş böyiça tegişli çora-tadbirlar olib borilmoqda.

«Fursatdan foydalanib, iste’molçilardan uşbu vaziyatni töğri tuşunişlarini söragan holda, tarmoqlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan yirik avariyalarning oldini oliş hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlaş maqsadida, imkon qadar uşbu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanişlarini eslatib ötamiz», deyiladi xabarda.