Dastlab, «kök belgi» faqat Twitter tomonidan şaxsi tasdiqlagan foydalanuvçilar uçun mavjud edi. Ammo bir neça kun oldin platforma Twitter Blue xizmatini joriy qildi. Şundan söng, istalgan foydalanuvçi  $7,99 evaziga «kök belgi»ni olişi mumkin böldi. 

The Washington Post (WP) ma’lumotlariga köra, innovatsiyadan söng foydalanuvçilar siyosatçilar (masalan, AQŞ prezidenti Jo Bayden), maşhurlar, global brendlarning soxta akkauntlarini yaratib, yolğon xabarlarni tarqata boşladilar. 

Masalan, AQŞ sobiq prezidenti Jorj Buş nomiga oçilgan soxta akkauntda «Iroqliklarning öldirilişini soğindim» degan tvit paydo böldi. Eli Lilly farmatsevtika kompaniyasining soxta akkauntida bepul insulin tarqatilişi haqida e’lon çiqdi. Qöşma Ştatlarda bu dorining narxi yuqoriligi tufayli, unga muhtoj bölganlarning hammasi ham kerakli miqdorni sotib ololmaydi. Kompaniya zudlik bilan ijtimoiy tarmoq rahbariyati bilan boğlanib, muammoni hal qilişga urinmoqda. 

WP naşrining yozişiça, senator Edvard Marki Twitter egasi Ilon Maskka xat yöllab, pulli verifikatsiya haqida savollar bergan. 

«Körinişidan, Twitter platformasidagi verifikatsiyaning sustligi va kompaniya pulga muhtojligi sababli, 8 dollar tölagan har kimsa istalgan odamiga taqlid qilişi mumkin ekan. Haqiqatni sotiş xavfli va bunga yöl qöyib bölmaydi», deyiladi xatda. 

Dunyoning eng boy odami Ilon Mask oktabr oyi oxirida Twitter platformasini 44 milliard dollarga sotib oldi. Şundan söng, verifikatsiya tizimiga özgartiriş kiritib, Twitter Blue pulli xizmatini joriy qildi. 

Soxta akkauntlar köpayib ketgaç, Mask foydalanuvçilar öz profilining hazilomuz tabiati haqida oldindan ogohlantirişi kerakligini aytdi. «Odamlarni aldaş yaxşi emas», — deb yozdi milliarder öz sahifasida.