Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi hisob-kitoblariga köra, havo ifloslanişining katta qismi transport vositalaridan çiqadigan zaharli gazlar hissasiga töğri keladi. Yengil avtomobildan çiqadigan buğ hamda yonilği yoqilgandagi zaharli gazlar (uglerod oksidi, azot dioksidi) sabab atmosfera çiqindi bilan tölib bormoqda. Yiliga 4,6 tonna karbonat angidrid gazi çiqişi ham oldinda hali ekologik inqirozlar borligini körsatmoqda.

Ayni vaqt norvegiyaliklar mana şu muammoga qarşi kuraşiş uçun şahar markazlarida avtotransportlar soni köpayayotganini normal qabul qilmaslikka çaqirib, aksinça avtomobillarsiz ham qulayliklar borligini tarğib qilişmoqda. Bu yölda esa ular transportlar töxtaş joylariga örindiqlar kabi köça mebellarini qöyib, joylarni mini-boğlarga aylantirişyapti. Buning natijasida markazda piyodalar soni 10 foizga oşgan.

Londondagi avtomobil töxtaş joylari aholi dam oliş maskaniga aylantirilgani / Foto: “London Parklets Campaign”

Albatta, bu amaliyotga qarşi çiqib, mini-boğlar olib taşlaniş holatlari ham kuzatilgan. Britaniyalik ekofaol, velosport böyiça komissar Adam Tranter (Bicycle Mayor for Coventry) mazkur vaziyatdan ajoyib tarzda çiqa olgan. U yuk maşinasiga yoğoç örindiqni örnatib, atrofiga köçat va ösimliklarni ekkan hamda avtomobil turargohlariga joylaştirgan. Qarabsizki, «parkovka»da transport vositasi turgandek, lekin u aslida odamlarning dam olişi uçun qilingan maskandir.

Yuk maşinasida ötirgan Adam Tranter / Foro: Saymon Redfern

U bu işi bilan yangiliklar köpçilik tomonidan kutilgandek ijobiy qabul qilinmasligini, ammo bu bilan yangi ğoyalar eşigi oçilişini isbotlagan.

Şuningdek, Norvegiyada 2023 yil söngiga qadar Oslodagi dizel yoqilğisida yuradigan barça avtobuslarni 450 ta elektrobuslarga almaştiriş reja qilinmoqda