Darband qişloği Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylaşgan. Darband sözi forsçadan dar — eşik, dara; band — mustahkam, berk, tösiq degan ma’nolarni anglatadi. Qişloq qadimdan katta ahamiyatga ega tranzit vazifasini bajargan. Qişloq orqali ötgan yöl Buxoro amirligi davrida amirlikning ğarbiy qismini şarqiy qismi bilan boğlovçi eng yaqin yöl hisoblangan. 1929 yilda Termizga temiryöl olib kelinganidan söng qişloq hududidan ötgan yöl öz ahamiyatini yöqotgan. Lekin hozirda ham qişloq hududidan ötgan yöl Qaşqadaryo va Surxondaryoni boğlovçi yöllardan biri hisoblanadi.

Manzilga kelib, şu yerdagi mehmon uyiga joylaşdik. Qişloqqa nisbat olib qaraganda tunab qoladigan joyimiz ideal holatda deya olamiz. Qişloqqa sayohat qiladiganlarga tunaş uçun joy muammo emas. Sayohatimizga Şahrizod ismli yigit hamrohlik qildi. U bizga ham haydovçilik, ham gidlik va ekstremal maslahatçilik xizmatlarini körsatdi. Uning yordami bilan sayohat qiyinçiliklarsiz va qulay ötdi deyiş mumkin.

Darbandda uçta dara bor, birinçisi Darband darasi, ikkinçi darani köpçilik Darband kanoni deb ataydi. Uçinçisi esa Buzrukdara, ya’ni buyuk dara deb ataladi. Bu yerga kirgan odam özini boşqa olamga tuşib qolgandek his qiladi. Sayohatçilar ta’biri bilan aytganda, bu qaysidir boşqa davlat emas, bu aynan Özbekiston.

Daralarni birma-bir aylanib çiqdik. Töğrisi, bu yerda olingan taassurotlarni söz bilan ta’riflab beriş qiyin. Oxirgi kirgan daramiz Buzrukdarada ekstremal hayajon va qörquvni his qildik.

Darband qişloği aholisi asosan çorvaçilik, dehqonçilik va boğdorçilik bilan şuğullanadi. Erkaklarning köpçiligi esa çet elda işlaydi.

Darbandga kelişning afzalliklaridan biri, poyezddan töğri qişloqqa tuşasiz. Yana bir jihati — har kuni poyezd bor, haftada ikki kun vodiydan ham poyezd boradi. Sizga tavsiya qiladiganimiz öşa-öşa, ming marta eşitgandan bir marta borib körgan afzal.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus.