Cud majlisi...

“Töğri, men fermer xöjaligi işlarini xat-hujjat böyiça notöğri, risoladagiday qilmagandirman, lekin şu belgilangan namuna şartnomalarga öqib-öqimay, tuşunib-tuşunmay imzo qöydim, hokim boboning topşiriqlarini bajardim, agroxizmatning, neftbazaning, bankning, suğurta taşkilotining aytganini qildim, şunday bölsa-da, rejadagi hosilni ming azobda yetiştirdim yoki bularning aybi bilan – suğurta hodisasi böldi yo bank kreditni vaqtida bermadi yoxud yoqilği vaqtida berilmadi, öğitni-ku gapirmang, şartnomada körsatilgan öğitning yarmini ham olganim yöq, “vedomost”ga töliq oldim, deb imzo qöyganman, menga berilgan yerni mana şunça qismi allaqaçon boşqaga ötib ketgan, şuning uçun belgilangan hosilni yetiştira olmadim.

Kadastrga bordim, klasterga bordim, hokimga bordim, quruq gap, natija yöq... Sudga berdim, berişdi (fermer da’vogar bölsa, boşqa taşkilotlarni sudga bergan, fermer javobgar bölsa, uni boşqa taşkilotlar sudga berişgan).

Qozi bobo, mana, suğurta bilan sudlaşyapman, hamma yaxşi biladi, biror marta suğurta öz ixtiyoriy bilan suğurta tovonini tölab berganmi? Tölamaydi, şartnomada unday joyi bor, bunday joyi bor, imzolagansiz, deydi. Imzolagan bölsam, mayli, lekin suğurta hodisasi böldimi, ekinlarimni şamol uçirib ketdimi, nobud qildimi, yana nima kerak suğurta hodisasi bölişi uçun? Dalolatnoma deydi, balo deydi, hamma bilgan hodisa, şamol nafaqat ekinlarni, balki şu hududdagi aholi uyining tomlarini ham uçirib ketdi-ku, şu holatda ham dalolatnoma tuzmaganim, xulosa olmaganim, suğurta oladiganlar röyxatida bölmaganim mening aybimmi?..

“Tomçilatib suğor”, deydi. Majburlab kredit şartnoma qildirdi, tenderda yutgan bir taşkilot tomçilatib suğoriş uçun zarur uskunalarni olib kelib taşladi, men endi kredit tölaşim kerak. Axir tomçilatib suğoradigan uskunani işlatmadim-ku, uskunalarni ulaş uçun suv manbayi ham yöq-ku, buni kim e’tiborga oladi.

“Şartnoma tuz, bölmasa, yerni topşir”, dedi, şartnoma tuzdim, tomçilatib suğorişni yölga qöyganimda ham alam qilmasdi, buni yölga qöyiş mening qölimdamas-ku, suv manbayiga ulab berişmayapti, suv yöq, demak, şartnomani men buzmaganman, nima uçun men kredit tölaşim kerak?

Qozi bobo, men tuşunmadim, şartnomaga imzo qöygan bölsam, voyaga yetgan bölsam, yuqorida aytganimday, “xat-hujjat”ga nönoq bölsam, bu qoğoz işini töğri qilmagan bölsam... Kredit ol, kreditga kafil böl, deyişdi, kredit oldim, kafil böldim, lekin birovning pulini yemadim, halol işlab oila boqyapman, hamqişloqlarni iş bilan ta’minlaganman, sayyor sud qilib köringlar, haqiqatan ham sovuqni-sovuq, issiqni-issiq, demay işlaganman, “kattalar” nima desa xöp deganman, yöq demaganman, homiylik ham qilganman kerak bölsa, lekin zararni ham men tölaymi, dardimni sud bölib sizlar eşitmasangiz, kim eşitadi?