Prezidentning “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oşirişda mulkiy huquqlar daxlsizligini ta’minlaş hamda şu munosabat bilan prezident va hukumat ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning 2022 yil 24 avgustdagi "Mulk huquqi daxlsizligini işonçli himoya qiliş, mulkiy munosabatlarga asossiz aralaşuvga yöl qöymaslik, xususiy mulkning kapitallaşuv darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoniga muvofiq:
2022 yil 10 noyabrdan boşlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan tölov, oçilgan akkreditiv, rasmiylaştirilgan bank kafolati va eksport şartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalçiliklaridan suğurta qiliş böyiça polis mavjud bölmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş huquqi beriladi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.











