FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga köra, 14 noyabr kuni Özbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 15:42 da yer silkinişi sodir böldi. 

Episentr: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani. Yer silkinişi koordinatalari: 40,24 gradus şimoliy kenglik; 68,31 gradus şarqiy uzunlik. Magnituda M=3,1. Çuqurlik 15 km. Yer silkinişi episentri Toşkentdan 137 km janubi-ğarbda.

Özbekiston hududida seziliş kuçi:

  • Sardoba tumanida 3 ball, 10 km;
  • Zarbdor tumanida 3 ball, 16 km;
  • Paxtakor tumanida 2-3 ball, 26 km;
  • Oqoltin tumanida 2 ball, 32 km;
  • Xovos tumanida 2 ball, 34 km.

Bugun, 14 noyabr kuni Tojikistonda sodir bölgan zilzila kuçi Toşkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida sezilgandi.

Şuningdek, Qirğizistonda sodir bölgan zilzila kuçi Andijonda sezildi.