Ijtimoiy tarmoqlarda Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetçerlik markazi» davlat unitar korxonasi direktori tomonidan 2022 yil 12 noyabr kuni barça hududiy elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlari, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruv raisi, Energetika vazirligi hamda «Özenergoinspeksiya»ga yuborilgan xat tarqaldi. Unda 2022 yil 9 noyabrdan boşlab energetika tizimi issiqlik elektr stansiyalari yoğilği ta’minoti bilan boğliq oğir holat vujudga kelgani ma’lum qilingan.

Xatda yozilişiça, 12 noyabr kuni elektr stansiyalarga kelişilgan jadvalga nisbatan jami soatiga 350 ming kub metr (1200 MVt elektr energiyasi ekvivalentida), şu jumladan, Toşkent IESga rejadan soatiga 270 ming kub metr kam gaz yetkazib berilgan. Toşkent IESga 50 ming kub metr tabiiy gaz yetkazilib, stansiyada energobloklar texnologik parametrlari me’yor körsatkiçlaridan tuşişi va uskunalar şikastlanişining oldini oliş maqsadida 1-son BGQ (360 MVt) va ikki dona energobloklar töxtatilgan.

«Stansiyada umumiy elektr energiyasi işlab çiqarilişi mazut yoqilğisi yoqiş hisobiga 500 MVt.gaça (belgilangan rejaga nisbatan 600 MVt kam) tuşib ketdi. Elektr energiyasi balansini ta’minlaş va energetika tizimida oğir oqibatli yirik favqulodda avariya holatlari (blekaut) yuzaga kelişining oldini oliş maqsadida hamda tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan 6,10 kV tarmoqlardan kiritilayotgan çeklovlar samarasizligi sababli «Milliy dispetçerlik markazi» DUK tomonidan maxsus jadvalga asosan yuqori kuçlanişli tarmoqlardan öçirilib, elektr energiyasi iste’moli kamaytirildi.

Yuzaga kelgan favqulodda vaziyat sabab tizimda oğir oqibatli avariya holatlarining oldini oliş hamda iste’molçilar ta’minotida tartibsiz uzilişlarni bartaraf etiş maqsadida 12 noyabr sanasidan boşlab alohida topşiriq bölgunga qadar «Milliy dispetçerlik markazi» DUK tomonidan berilayotgan soatlik elektr energiyasi iste’moli topşiriğini qat’iy bajarişingiz söraladi.

«Milliy dispetçerlik markazi»ning mintaqaviy va hududiy bölinmalari tomonidan elektr talab qilingan qiymatlarga tuşiriş böyiça berilgan topşiriqlarni bajarmaslik Özbekiston energotizimining aybi bilan Markaziy Osiyo yagona elektr energetikasi tizimida yirik oqibatli avariyalarga sabab bölişi mumkin», — deyiladi DUK xatida.

Kun.uz’ning Energetika vazirligidagi manbasi mazkur ma’lumotlar töğriligi va IESlarning yoqilği ta’minoti bilan boğliq oğir holat vujudga kelganini tasdiqladi.

Sönggi kunlarda Özbekistonning köplab hududlarida elektr ta’minotida uzilişlar köpaygan.