«Afsuski, minalardan tozalaş vaqtida sapyorlarimizdan biri halok böldi, yana tört nafari yaralandi. Men Xersonning barça aholisidan ehtiyot bölişni va barça xavfli narsalar haqida zudlik bilan qutqaruvçilarga xabar berişni sörayman», - dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbari mintaqada qöporuvçi guruhlarni, şuningdek, rossiyalik askar va yollanma askarlarni qidiriş davom etayotganini ta’kidladi.

Bundan oldin Ukraina Xerson ustidan nazoratni qaytarib olganini e’lon qilgandi. 

«Xerson Ukraina nazorati ostiga qaytmoqda, Ukraina Qurolli kuçlari bölinmalari şaharga kirib bormoqda», — deya ma’lum qildi 11 noyabr kuni mamlakat mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi (BRB).

Şu bilan birga, Mudofaa vazirligi «Rossiya armiyasi qömondonligi tomonidan Xersonda taşlab ketilgan rossiyalik harbiy xizmatçilarga murojaat» bilan çiqdi. «Qömondonlaringiz sizni fuqarolik kiyimiga ötişga va Xersondan qoçişga harakat qilişga undamoqda. Muvaffaqiyatga erişa olmaysiz», deyiladi hujjatda, şuningdek, ruslarning çekiniş yöllari Ukraina Qurolli kuçlari nazorati ostida ekanligi ham ta’kidlangan.

Şaharda qolgan rus harbiy xizmatçilari ularga xavfsizlik, hayot va keyinçalik almaşiş imkoniyatini va’da qilib, taslim bölişga çaqirildi. «Ukraina Qurolli kuçlariga qarşilik körsatişga qaratilgan har qanday urinişlar töxtatiladi. Qarşilik körsatgan har bir rossiyalik harbiy yöq qilinadi. Sizda ölimdan qoçiş uçun yagona imkoniyat bor - darhol taslim böliş», - deyiladi Ukraina Mudofaa vazirligi bayonotida. Ruslarga Jyeneva konvensiyalariga rioya qiliş, şuningdek, oziq-ovqat va tibbiy yordam körsatiş kafolatlangan.