Buyuk Britaniyaning Lids şahrida yaşovçi ösmir 18 yoşgaça bölgan erkaklarga möljallangan IQ-testida eng yuqori ball töpladi va intellekt böyiça Stiven Hoking bilan Albert Eynşteynni ortda qoldirdi.
11 yoşli Yusuf Şohning döstlari doimo uning juda aqlli ekanini aytişgan. Bir kuni ösmir bu haqiqat yoki yöqligini tekşirişga qaror qilgan. Yusuf öz intellektual qobiliyatini baholaş uçun IQ-testini topşirdi va 162 ball töpladi. Uning natijasi nazariyotçi fizik olimlar Stiven Hoking va Albert Eynşteyn körsatkiçidan 2 ball yuqori böldi. Bunday körsatkiçga dunyoning 1 foiz aholisi erişgan xolos.
Ösmir özining yutuğini ota-onasi va akalari bilan restoranda nişonladi. Yusufning onasi öğlining yutuqlaridan juda faxrlanişini aytdi, lekin otasi baribir undan aqlliroq ekani haqida hazil qildi.

«Biz xursandmiz, lekin sodir bölgan voqeaga xotirjam munosabatda böldik. Men öğlimga: «Agar senda iste’dod bölsa, bu yetarli emas. Eng mehnatkaş böliş ham kerak», deb doim aytaman», dedi u.
Kelajakda Yusuf Şoh Oksford yoki Kembrijda matematika böyiça öqişni orzu qiladi. Buning uçun u muntazam ravişda miyani maşq qildiradi: misol işlaydi, Sudokuni yeçadi va Rubik kubigini yiğadi.












