Taniqli tahlilçi Ming-Çi Kuo sözlariga köra, kelasi yilga möljallangan barça törtta iPhone 15 smartfonlarida Lightning örniga USB-C ulagiçi böladi.

Şu bilan birga, faqat iPhone 15 Pro va Pro Max ma’lumotlarni tezkor uzatiş funksiyasini qöllab-quvvatlaydi – ular USB 3.2 yoki hatto Thunderbolt 3 ga ega bölişi mumkin. Qolgan ikkita arzon smartfon esa USB 2.0 standarti bilan çeklanadi va xuddi Lightning kabi tezlikni ta’minlaydi.

Aynan şu farqlar hozirgi Apple planşetlarida bor – yangi iPad nisbatan sekinroq USB 2.0 ga ega, uning ma’lumotlarni uzatiş tezligi 480 Mbit/s gaça çeklangan. Taqqoslaş uçun, USB 3.2 tezligi 20 Gb/s gaça, Thunderbolt 3 esa 40 Gb/s gaça tezlikka ega.

Ehtimol, bunday farqlar flagman smartfonlarning yana bir yangi afzalligi bölib, xaridorlarni qimmatroq modellarni tanlaşga undaşi kerak. Miş-mişlarga köra, 2023 yildagi barça törtta iPhone 15 Dynamic Island «orolçasi» bilan ta’minlanadi, şuning uçun ularning taşqi körinişi yanada öxşaş böladi.