Rossiya iqtisodiyoti RFning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan kiritilgan sanksiyalar bosimi ostida texnik tanazzulga yuz tutdi. Rosstatning 16 noyabr, çorşanba kuni e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlariga köra, uçinçi çorakda Rossiya yalpi içki mahsulotining pasayişi aprel-iyun oylarida 4,1 foizga pasayganidan keyin yillik hisobda 4 foizni taşkil etdi.

Statistika idorasining ma’lumotlari Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi hisob-kitoblaridan yaxşiroq bölib çiqdi, bu pasayiş 4,4 foizga baholangan, ammo Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining prognoziga töğri keldi.

Rosstat ma’lumotlariga köra, iyul-sentabr oylarida ulgurji savdo hajmi 22,6 foizga, çakana savdo hajmi 9,1 foizga kamaydi. Şu bilan birga, quriliş va qişloq xöjaligida mos ravişda 6,7   va 6,2 foiz ösiş qayd etildi.

Rossiya bankining yangilangan bazaviy prognoziga köra, 2022 yilda yalpi içki mahsulotning pasayişi 3,0-3,5 foizni taşkil qiladi. Iqtisodiy rivojlaniş vazirligining prognoziga köra, joriy yilda yalpi içki mahsulot 2,9 foizga qisqaradi. Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon banki Rossiya yalpi içki mahsulotining pasayişini mos ravişda 3,4 va 4,5 foizga baholamoqda.

Morgan Stanley tahlilçilarining yozişiça, Rossiya iqtisodiyoti «doimiy ta’minot zarbasi va past texnologik standartlarga ega bölgan holda, majburiy tarkibiy özgarişni boşdan keçirmoqda, bu uzoq davom etadigan tanazzul va ösiş potensialining pasayişini bildiradi».