Öztransgaz Sirdaryo va Toşkent viloyatlaridagi magistral gaz quvurlari yaqinidagi qurilmalar ehtimoliy xavf ostida ekanini ma’lum qildi. Uşbu qurilmalarning aksariyati aholi xonadonlaridir.  

Ta’kidlanişiça, Toşkent magistral gaz quvurlari boşqarmasi diametri 720-1220 mm bölgan 750 kmga yaqin magistral gaz quvurlariga xizmat körsatadi. Bu quvurlarning 370 km qismi ekspluatatsiya muddatini ötab bölgan.  

Hozirda Sirdaryo va Toşkent viloyatlari hududidan ötgan magistral gaz quvurlarining muhofaza maydonlarida mavjud talablarga zid ravişda qurilgan 365 ta qurilma bor. Ularni xavfsiz joyga köçiriş haqida egalari ogohlantirilgan hamda sud organlariga taqdimnomalar kiritilgan. Jumladan, 192 ta qurilmaga sudning hal qiluv qarori çiqarilgan. Lekin sud qarori ijrosi ta’minlanmay kelmoqda.  

Hududlar kesimida tahlil qilib körilganda Qibray, Yangiyöl, Çinoz va Olmaliq şahri hududlarida magistral gaz quvurlari yaqinida noqonuniy qurilişlar köpligi aniqlangan.  

Masalan, Qibray tumanida magistral gaz quvurlari yaqinida 117 ta qurilma bor. Ularning 113 tasi aholi xonadoni. Şu kabi Yangiyöl tumanida 102 ta, Çinoz tumanida 23 ta va Olmaliq şahrida 18 ta xonadon xavfli zonada. Bularning aksariyati böyiça sud organlariga taqdimnomalar kiritilgan va xonadonlarni xavfsiz hududga köçiriş böyiça sudning hal qiluv qarori çiqqan.