Ukraina boş vaziri örinbosari, vaqtinça bosib olingan hududlar reintegratsiyasi böyiça vazir Irina Vereşçuk sözlariga köra, Xerson viloyatining Rossiya bosqinidan ozod qilingan hududlarida fuqarolar evakuatsiyasi boşlandi.
Uning sözlariga köra, evakuatsiya qilişning bir neçta variantlari mavjud.
«Köpçilik evakuatsiya qiliniş istagini bildirgan. Ular yaşaş joylari öqqa tutilayotganini aytişdi. Keksalar ham köp. Ular evakuatsiya qiliş uçun yordamga muhtoj. Bizning vazifamiz öşa odamlarga yordam beriş. Biz Nikolayev yoki Krivoy Rogdan odamlarni ğarbiy viloyatlarga köçiramiz, buning uçun vosita va tajribamiz bor», dedi Vereşçuk.
Dastlabki bosqiçda Xerson aholisi Nikolayev şahriga joylaştiriladi. Keyinçalik ğarbiy hududlarga evakuatsiya qilinadi.
Hozirgi vaqtda Xerson viloyatining ozod qilingan aholi punktlarida barqarorlaştiriş çoralari körilmoqda, minalardan tozalaş uçun sapyorlar işlamoqda.
Avvalroq Xerson viloyati rahbari Yaroslav Yanuşeviç ozod qilingan hududlar aholisini duşman tomonidan öqqa tutiliş ehtimoli yuqoriligi sababli evakuatsiya qilişga çaqirgan edi.













