Mask kompaniyaning San-Fransiskodagi boş qarorgohida bölib ötgan yiğilişda xodimlarga «Twitter 2.0» konsepsiyasi doirasidagi özgarişlar haqida xabar bergan.
Mask Twitter foydalanuvçilari «öz şaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarning oşkor bölişini qayğurmasdan» va «Twitter tarmoğida kimdir ularning şaxsiy yozişmalari böyiça josuslik qilişi mumkinligi haqida öylamasdan» muloqot qilişini xohlaşini aytgan.
Kompaniya avvalroq şifrlangan xabar almaşiş texnologiyasini yaratişga harakat qilgan edi. Endi Mask buni platforma uçun ustuvor vazifa sifatida amalga oşiriş niyatida. Şifrlangan yozişmalarni taklif qilişda yetakçi hisoblanadigan Signal messenjeri yaratuvçisi Moksi Marlinspayk bu borada kompaniyaga yordam berişga tayyorligini bildirgan.
Avvalroq, Ilon Mask yangilangan Twitter Blue obunasini taqdim etgan edi. Şundan söng, har bir kişi oyiga $8 evaziga verifikatsiyani anglatuvçi «kök belgi»ni sotib oliş imkoniyatiga ega böldi. Uşbu qaror tufayli platformada köplab maşhurlarning soxta akkauntlari paydo böldi. Şundan söng, Twitter pullik verifikatsiyani vaqtinçalik töxtatişga majbur böldi.












