Polşada an’anaviy tarzda har yili ötkaziladigan NATO bilan Bull Run-19 qöşma taktik harbiy maşqlari boşlandi. 

Qayd etilişiça, manyovrlar Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan çegaradoş bölgan Varminsko-Mazursk voyevodasi va Belarus bilan çegaradoş Podlyask voyevodasida ötkaziladi. 

22-24 noyabr kunlari bölib ötadigan tadbirlarda Polşada joylaşgan Şimoliy Atlantika alyansining 15-sonli Gijitsk mexanizatsiyalaşgan brigadasi va batalon jangovar guruhi askarlari iştirok etadi. 

«Askarlar aloqa tizimlarini tekşiradi, relef va yöllarning xususiyatlari bilan tanişadi. Maşqlar tahdidli vaziyatda ittifoqçi kuçlar xavfsizlikni ta’minlaş va tajovuzni töxtatiş uçun qanday hamkorlik qilinişini sinab köriş uçun möljallangan», - dedi brigada ştab boşliği vazifasini bajaruvçi podpolkovnik Piotr Polbratek. 

Manyovrlarning maqsadi Polşa va ittifoqçi qöşinlarning uşbu hududlardagi faoliyati samaradorligini oşirişdir. Harbiy texnika kolonnalarining belgilangan hududlarga faol harakatlanişi kutilmoqda. 

6 noyabr kuni Polşaning janubi-şarqidagi Nova-Demba şahrida NATO davlatlari iştirokida Puma-22 harbiy maşqlari boşlangan edi. Unda Çexiya, Slovakiya, Vengriya, AQŞ va Buyuk Britaniyadan 2 mingga yaqin harbiy xizmatçi va 300 dona texnika iştirok etdi. Manyovrlar 9 noyabrgaça davom etdi.