«At-Tumama» stadionida keçgan öyinda bahs maydonning faqat bir tomonida ötdi, deyiş mumkin. Ispaniya raqibini ayab ötirmay, Keylor Navas darvozasiga javobsiz 7ta gol urdi – 7:0.

Olmo, Asensio va Torresning gollaridan keyin tanaffusgaça hisob yiriklaşgan bölsa, Ferran ikkinçi bölimda dublini rasmiylaştirdi, Gavi, Soler va Morata esa farqni yettitaga yetkazişdi.

Qayd etiş joiz, şu kuni Gavi Ispaniya safida turnirda maydonga tuşgan eng yoş öyinçiga (18 yoş, 110 kun) aylaniş bilan birga, JÇda ham gol urgan eng yoş ispan futbolçisi böldi. 

Şu tariqa, Luis Enrike şogirdlari turnirdagi eng yirik ğalabani qayd etib, guruhda töplar nisbatiga köra Yaponiyani ortda qoldirib, 1-öringa kötarilişdi. Sönggi ikki öringa Germaniya va Kosta-Rika tuşdi.

JÇ-2022. E guruhi. 1-tur
Ispaniya – Kosta-Rika 7:0
Gollar: 1:0 – 11 Olmo, 2:0 – 21 Asensio, 3:0 – 31, penalti Ferran Torres, 4:0 – 54 Ferran Torres, 5:0 – 74 Gavi, 6:0 – 89 Soler, 7:0 – 90+2 Morata.
Ispaniya – Unai Simon, Aspilikueta, Laport, Rodri, Alba (Balde, 64), Buskets (Koke, 64), Pedri (Soler, 57), Gavi, Olmo, Asensio (Uilyams, 69), Ferran Torres (Morata, 57).
Kosta-Rika – Navas, Fuller, Martines (Uoston, 46), Duarte, Kalvo, Ovedo (Matarrita, 82), Borxes (Agilera, 72), Texeda, Kempbell, Kontreras (Samora, 61), Bennette (Ruis, 61).
Ogohlantirişlar: Kalvo (68).