Özbekiston şaxmatçilari yarimfinalda Hindiston bilan bellaşib, 2 ta raund (2:2 va 2,5:1,5) yakuniga köra ğalaba qozonişdi.
Endi şaxmatçilarimiz 25 noyabr kuni finalda Xitoy milliy jamoasi bilan bellaşadi.
Jahon çempionatida Özbekiston milliy jamoasi şarafini GM Nodirbek Yoqubboyev, GM Javohir Sindarov, GM Jahongir Vohidov, GM Şamsiddin Vohidov, IM Abdimalik Abdisalimov va IM Ortiq Nigmatov himoya qilmoqda. Şaxmatçilarimizga niderlandiyalik Ivan Sokolov sardorlik va murabbiylik qilyapti.
Avvalroq, Özbekiston milliy jamoasi jahon çempionatining guruh bosqiçida AQŞ (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) mağlub etib, Polşa (2:2) bilan durangga erişib, Ozarboyjonga (1,5-2,5) yutqazgan edi. Bu natijalar şaxmatçilarimizga guruhda birinçi örin bilan çorakfinalga çiqiş uçun yetarli böldi.
Söngra, Özbekiston şaxmatçilari çorakfinalda Ukraina bilan bellaşib, 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga köra ğalaba qozonişgan edi.












