Juma kuni keçqurun Rossiya Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Yandex internet-kompaniyasining aktivlarini taqsimlaş sxemasini ma’qulladi, şuningdek, uning rahbariyatiga ötiş böyiça kelişib oldi, deb xabar beradi The Bell va Forbes Rossiya 25 noyabr, juma, anonim manbalarga tayanib.

Ularga köra, Yandex Niderlandiyada röyxatdan ötgan hozirgi kompaniya örniga Rossiyada röyxatdan ötgan yangi boş kompaniyaga ega böladi. Uni Kudrin boşqaradi, u buning uçun 5 foiz aksiyani oladi, bu taxminan 300 million dollarga töğri keladi. Kudrin va Rossiyada qolgan Yandex menejyerlari Rossiyadagi kompaniyani nazorat qiladi va muhim qarorlarni qabul qiladi. Kompaniya asosçisi, Isroilga jönab ketgan Arkadiy Voloj Rossiyadan taşqarida uçuvçisiz transport vositalari va bulutli servislarni, "Yandeks.Praktikum" ta’lim xizmatini va "Toloki" tasvirni aniqlaş xizmatini rivojlantiriş uçun litsenziyalar oladi.

The Bell naşrining yozişiça, Rossiyaning Yandex kompaniyasi yangi aksiyadorlarga ega böladi, jumladan Vladimir Potanin tuzilmalari, Roman Abramoviç va VTB kompaniyaning egalari bölib qoladi. Kudrin Kremlga Yandex çet elga çiqmasligini, kompaniya rahbarlariga «navbatdagi "Rostex" yoki "Rostelekom"ga aylanmasligini» va’da qildi. Naşrning yozişiça, Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Yandex asosçisi Kremlda kelişuvni muvofiqlaştirişda yordam sörab Kudringa murojaat qilgan.