23 noyabr kuni “Masterland” quriliş kompaniyasi Yunusobod tumanida joylaşgan “Shohsaroy” turar joy majmuasini foydalanişga topşirdi. Zamonaviy majmua 220 ta xonadondan iborat.
“Shohsaroy” turar joy majmuasidan 3 xonali uy xarid qildim. Bugun uyimni töliq bitirib topşirişdi. Menga Şohsaroyning şahar markazida joylaşgani ma’qul böldi. Xonadonim yaqinida boğça, maktab va köplab savdo markazlari bor. Bundan taşqari, maşinalar uçun avtoturargoh ham bor”, – deydi xonadon egasi Ergaşjon Tojiyev.



Majmuaning birinçi qavati dökonlar, kafelar, dorixona va boşqa xizmat körsatiş sohalari uçun ajratilgan. Majmuaning yonginasida joylaşgan avtoturargoh xonadon egalarining avtomaşinalarini noqulay ob-havodan saqlaşga yordam beradi.




“Masterland” kompaniyasi direktori Sanjar Ravşanovning aytişiça, ilk turar joy majmuasini qurib bitkazgan kompaniya 2023 yilning ikkinçi çoragida “Sezam” va “Vega” turar joy majmualarini ham foydalanişga topşirişni reja qilgan.




“Kompaniyamiz xalqimiz uçun zamonaviy, hamyonbop va sifatli xonadonlarni taqdim etişda davom etadi”, – dedi Sanjar Ravşanov.











