Onkologiya şifoxonalari yopiq qarorlar asosida sotib yuborilmoqda

Oçiqlik va xalq bilan muloqot yangi davrning asosiy yutuqlari qatorida körsatilsa-da, ortida kimlarningdir manfaati turgan loyihalarga kelganda bu tamoyillar işlamay qolyapti. Oddiy köça tilida aytsak, soqqali masalalarda “paçka-paçka” yopiq qarorlar çiqib yotibdi. Yopiq qaror degani – odamlardan yaşiriş degani. Yaşirilgan har qanday narsa borki, tabiiy ravişda öğrilik, lobbizm va korrupsiyaga şubha uyğotadi.

Avvalgi haftalarda Toşkent şahar hokimi özi çiqarayotgan qarorlar va farmoyişlarning katta qismini oçiqlamayotgani muhokamalarga sabab bölgan edi. Adliya vazirligining munosabatidan ma’lum bölgandiki, bu qarorlarni yaşirib qöyiş – şaxsan Jahongir Ortiqxöjayevning işi bölgan. Ya’ni u hujjatlarni elektron imzolayotgan paytida ularni E-qaror tizimida oçiq e’lon qilmaslikni tanlagan. Ularning orasida şahar budjeti pullari qayerga işlatilgani haqidagi hujjat ham bor.

Xalq bilan bemaslahat qabul qilinayotgan qarorlar bu hafta ham muhokama markazida böldi. Ma’lum bölişiça, Özbekiston hukumati ötgan oyda Toşkentdagi uçta onkologik şifoxonani yer maydoni bilan birga sotib yuborişga qaror qilgan. Bu qaror ham, albatta, heç qayerda oçiq e’lon qilinmagan. Jamoatçilik bu haqda auksionlar haqidagi e’lonlardan bilib qoldi.

Respublika onkologiya markazi hamda uning