Hududlardagi Xalq qabulxonalari faoliyatini muvofiqlaştirib boriş uçun Prezident administratsiyasi rahbarining yordamçilari lavozimlari taşkil etilmoqda.
Administratsiya rahbarining yordamçilari öz faoliyatini bevosita hududlarda amalga oşiradi. Bu lavozimlar mavjud ştat birliklarini qisqartiriş evaziga taşkil etiladi.
ÖzA xabariga köra, bu borada prezident farmoni qabul qilingan. Hujjatda mazkur özgariş “hududlar bilan töğridan töğri aloqalarni örnatiş va joylardagi vaziyatdan kelib çiqib, tezkor çoralar körib boriş maqsadi” bilan izohlangan.
Rasmiy xabarga köra, sönggi paytlarda Xalq qabulxonalari faoliyati yetarli samara bermayapti, joylardagi muammolarni hal qilişda sustkaşlikka yöl qöyib, asosan sansalorlik bilan şuğullanyapti, bu esa aholining haqli e’tirozlarini keltirib çiqaryapti. Şu sababli Xalq qabulxonalari institutini kuçaytiriş yuzasidan ayrim vazifalar belgilangan.
Xususan, hududlarda administratsiya yordamçilari faoliyat boşlaşidan taşqari, Xalq qabulxonalari xodimlariga ta’sirçan çora sifatida davlat organlari va taşkilotlarda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisidagi qonunçilik hujjatlari böyiça qonunbuzilişlar yuzasidan ma’muriy bayonnomalar tuziş va sudga yuboriş huquqi berilmoqda.
Farmon bilan, şuningdek, prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi (bunga qadar Tursinxon Xudaybergenov maslahatçi edi) va prezidentning davlat xizmati masalalari böyiça maslahatçisi (bungaça vakant edi) lavozimlari tugatilib, ularning negizida yangi lavozim – prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etilgan.
Ta’kidlanişiça, bundan maqsad – davlat va fuqarolar örtasida hamkorlikning yangi tizimini taşkil etiş, davlat organlarida murojaatlarini körib çiqişning zamonaviy yondaşuvlarini joriy etiş va joylarda muammolar hal etilişi ustidan ta’sirçan nazoratni örnatişdir.
Avvalroq yangi taşkil etilgan lavozimga Ğofurjon Mirzayev tayinlangani ma’lum bölgandi. U bungaça Sirdaryo viloyati hokimi edi.

















