Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda noma’lum shaxslar bir ayolni majburan mashinaga solib olib ketgani aks etgan video tarqaldi
Videoda zo‘ravonlar 70 R 300 SA davlat raqamli Tracker avtomobilida bo‘lgani aks etgan. Holat bo‘yicha shahar IIBB tezkor choralar ko‘rayotgani ma’lum qilindi.
“Sukut saqlama” (Nemolchi.uz) loyihasi bir qiz ko‘chada avtomobilga majburan solinib, olib ketilgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Videoda Tracker avtomobili ko‘p qavatli uylar joylashgan mahallada to‘xtab, undan ikkita erkak tushgani, yo‘lda ketayotgan qiz ularni ko‘rib qochgani, erkaklar qizni quvib yetib, sudragancha mashinaga solib, olib ketgani ko‘rinadi. Qora rangli avtomobil raqami – 70 R 300 SA.
“Sukut saqlama” kanalida yozilishicha, voqea Toshkentda bo‘lgan. Videoyozuvda bugungi sana – 24 noyabr, soat 07:35 ko‘rsatilgan.
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan shahar IIBB tomonidan tezkor harakatlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
10:04 / 03.06.2026