Prezident matbuot xizmati xabariga köra, söng Navoiy viloyati hokimini tayinlaş masalasi ovozga qöyildi. Ovozga qöyiş natijalariga köra, Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiya yakunida prezident Şavkat Mirziyoyev xalq vakillari tomonidan yuksak işonç bildirilgan Normat Tursunov endi öz faoliyatida adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan köp yillar Navoiy viloyati ahliga xizmat qilişi lozimligini aytdi.
Yangi hokim bugundan boşlab öz örinbosarlari, tuman va şaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoşlarni birlaştirib, har bir tuman va şaharni, qişloq va mahallani rivojlantiriş çoralarini körişi lozimligi ta’kidlandi.
Normat Tursunov 2021 yil noyabr oyida Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi. Undan oldin - 2018 yil yozidan buyon Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgandi.
N.Tursunov davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1994 yilda Toşkent şahar Akmal Ikromov (hozirgi Uçtepa) tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boşlab, keyinçalik turli rahbar lavozimlarida işlagan.
Xususan 2010-2017 yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari, birinçi örinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.
2017 yil oktabr oyidan 2018 yil iyuniga qadar Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari vazifasida işlagan.

















