2022 yil 1 dekabrdan haydovçilarga yöl harakati qoidabuzarligi uçun jarima ballarini hisoblaş tizimi joriy etiladi.

"Avtomobil yöllarida inson xavfsizligini işonçli ta’minlaş va ölim holatlarini keskin kamaytiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi prezident qaroriga köra, bu yöl harakati qoidalariga sözsiz rioya qilinişini ta’minlaş hamda ularni takroran buziş holatlarining oldini oliş maqsadida amalga oşiriladi.

Bunda, har bir yöl harakati qoidabuzarligi uçun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi.

Hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oşgan hollarda haydovçi ma’lum muddatga transport vositasini boşqariş huquqidan örnatilgan tartibda mahrum qilinadi.

Muayyan davr mobaynida yöl harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovçilarga keyinçalik hisoblangan jarima ballarini qisqartiriş orqali rağbatlantiriş çoralari qöllanadi.