Özbekiston qançalik kambağallik davlatligini köriş uçun Toşkentdan bir qadam taşqariga çiqiş kifoya. Poytaxtga çegaradoş Yuqori Çirçiq tumanidagi Yoşlik va Tinçlik mahallalari hududiga kiruvçi Özbekiston, Oqibat va Baxt köçalarida odamga öxşab yurib bölmaydi – odamlar yozda çangga, qişda loyga botadi.

Kuzdan bahorgaça yomğir sabab içki yöllar katta kölmaklarga tölib qoladi. Taksiçilar köpinça bu köçalarga kirişni xohlamaydi – maşinangiz bölmasa, katta yöldan uyingizgaça loy keçib borişga majbursiz.

Önlab yillardan beri asfaltlanmagan bu köçalar qaçon epaqaga kelişi mutlaqo noma’lum. Tuman hokimligi bu köçalar davlat dasturiga kiritilmaganini rökaç qilib, odamlarga “Taşabbusli budjet”da ovoz yiğib, yutib çiqişga çaqiryapti.

Özbekiston köçasidan Oqibat köçasiga kiraverişdagi yöllar / Foto: Kun.uz

Yoşlik va Tinçlik mahallalari ilgari bir hudud bölib, Iyk-ota deb nomlangan. Hududning bir qismi Toşkent şahri Bektemir tumaniga ötkazilgaç, hozirda hudud ikkiga bölingan.

Biz gaplaşgan mahalla odamlari bu yerga köçib kelganlaridan beri şu ahvol ekani, murojaat qilmagan joylari qolmagani, köproq yomğir yoğganida hovlilarigaça suv kirişi, buning uçun alohida çuqurlar qazişganini aytişdi. Odamlarning arz-dodini videolavhamizda tomoşa qiling, biz maqolada tuman hokimligining iddaosiga e’tibor qaratamiz.

Özbekiston köçasidan Oqibat köçasiga kiraverişdagi yöllar / Foto: Kun.uz

Yuqori Çirçiq tumani hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari Şuhrat Xudoyberganovning aytişiça, Yoşlik va Tinçlik mahallalaridagi içki yöllarning ayrimlarini asfaltlaş masalasi şu yil oktyabr oyida qabul qilingan prezident qaroriga kiritilgan.

“Döstlik köçasi 500 metr, Yaxşi niyat köçasi 300 metr, Oydin köçasi 500, Jöşqin köçasi 300 metr asfaltlaştiriladi Içki yöllar uçun 900 mln söm ajratilgan, buning uçun loyiha smeta hujjatlari ham tayyorlangan. Loyiha şu yil sönggiga qadar amalga oşirilişi