Özbekiston prezidentining tegişli farmoni bilan Ğofurjon Ğaniyeviç Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi. Şu munosabat bilan u Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Ğofurjon Mirzayev 1964 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. 1990 yilda Toşkent politexnika institutini, 2000 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Farğona viloyati Bağdod tumanida buğdoyni qayta işlaş zavodida boşlagan.

2003 yilda Özbekiston prezidenti apparatida inspektor sifatida iş boşlagan va 2016 yilga qadar şu yerda işlagan.

2016 yil 15 dekabrida Oybek Aşirmatov örniga Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangandi.

  • Noyabr oyi örtalarida adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga ötkazilgandi.